BO‘G‘LOVCHILAR VA TINISH BELGILARNING PRAGMATIK KUCHI: O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MISOLIDA
Abstract
Kirish: Til – bu nafaqat aloqa vositasi, balki nutq egasining munosabatini, fikrini, maqsadini aniq ifodalovchi vositadir. Nutqning mazmunan va shaklan to‘g‘ri yetkazilishida bo‘g‘lovchilar va tinish belgilarining tutgan o‘rni beqiyosdir. Ayniqsa, ularning pragmatik kuchi – ya’ni kommunikativ maqsadni amalga oshirishdagi ta’sirchanligi – so‘zlovchining niyatini, kayfiyatini, urg‘usini, shubhasini yoki ta’kidini aniqlashtirib beradi. Bu pragmatik funksiyalar har bir til tizimida o‘ziga xos tarzda namoyon bo‘ladi. Mazkur tezisda o‘zbek va ingliz tillaridagi bo‘g‘lovchi birliklar va tinish belgilarining nutqdagi vazifasi va ularning pragmatik yuki tahlil qilinadi. Bugungi globallashuv davrida madaniyatlararo aloqalar tobora jadallashib, turli tillar oʻrtasida samarali muloqot zaruriyati ortib bormoqda. Xususan, tarjima jarayonida til va madaniyat oʻrtasidagi murakkab bogʻliqlikni toʻgʻri anglash muhim ahamiyat kasb etadi