OʻZBEK XALQINING MILLIYLIGI BILAN BOGʻLIQ MAROSIMLARNING TARIXIY ILDIZLARI.
Abstract
Kirish: O‘zbek xalqining milliy o‘ziga xosligini shakllantiruvchi asosiy omillardan biri bu – xalq marosimlaridir. Marosimlar xalq ruhiyati, urf-odatlari, qadriyatlari va dunyoqarashining amaliy ifodasidir. Ular orqali avloddan avlodga milliy an’analar, tarixiy xotira va ijtimoiy birlik yetkaziladi. Ayniqsa, xalqning o‘z millatiga, ona tiliga, diniy e’tiqodiga, madaniy hayotiga sodiqligi marosimlarda mujassam topgan. Ushbu tezisda o‘zbek xalqining milliyligini ifodalovchi marosimlar, ularning tarixiy ildizlari va zamonaviy jamiyatdagi ahamiyati yoritib beriladi. Zamonaviy hayotning tezkor sur’ati, yangi iqtisodiy va madaniy muhitning shakllanishi, yosh avlodning qadriyat tizimidagi o‘zgarishlar – bularning barchasi an’anaviy tabiat bilan bog‘liq urf-odatlarni yangicha ko‘rinishga keltirmoqda yoki ba’zida ularni asta-sekin yo‘q bo‘lish xavfi ostiga qo‘ymoqda.