BOLALARDA TABIATGA ESTETIK MUNOSABATNI SHAKLLANTIRISHDA GUL VA DARAXTLAR BILAN TANISHTIRISHNING DIDAKTIK ASOSLARI

Authors

  • AZIZA KOJAGELDIYEVA MUXSUM QIZI Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, estetik tarbiya, tabiat bilan tanishtirish, gul, daraxt, didaktika, estetik munosabat, kuzatuv, tasviriy san’at, pedagogik yondashuv.

Abstract

         Ushbu maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarda tabiatga estetik munosabatni shakllantirishda gul va daraxtlar bilan tanishtirishning didaktik asoslari yoritilgan. Tabiatning go‘zalliklarini, xususan, gullar va daraxtlarning rang-barangligi, tuzilishi va hayotiy ahamiyatini bolalarga tushunarli va qiziqarli usullar orqali yetkazish orqali ularning estetik didi, go‘zallikni idrok etish qobiliyati va tabiatga mehr-muhabbatini shakllantirish mumkinligi asoslab berilgan. Maqolada ushbu jarayonda qo‘llaniladigan ta’limiy o‘yinlar, kuzatuv mashg‘ulotlari, tasviriy san’at bilan integratsiyalashgan darslar hamda faoliyat turlari misollar orqali ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, pedagogning metodik yondashuvi, bolalarning yosh xususiyatlarini hisobga olish, estetik tarbiyaning bosqichlari va natijalari tahlil qilingan.

Published

2025-06-23