MOLIYAVIY MATNLAR TARJIMASIDA SEMANTIK VA PRAGMATIK MOSLASHUVLAR

Authors

  • Mamanazarova Diyora Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: moliyaviy tarjima, semantik moslashuv, pragmatik moslashuv, iqtisodiy terminologiya, kommunikativ ekvivalentlik, yuridik iboralar, iqtisodiy hujjatlar.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada moliyaviy matnlarni tarjima qilish jarayonida semantik va pragmatik moslashuvlarning o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Moliyaviy hujjatlar va hisobotlar iqtisodiy tushunchalar, yuridik iboralar hamda texnik atamalar bilan boyitilgan bo‘lib, ularning to‘g‘ri tarjima qilinishi xalqaro hamkorlik, moliyaviy shartnomalar va investitsiya jarayonlarida muhim ahamiyat kasb etadi. Semantik moslashuv, asosan, terminlar va tushunchalarning lug‘aviy ekvivalentligini ta’minlashga qaratilgan bo‘lsa, pragmatik moslashuv matnning kommunikativ maqsadi va ijtimoiy-madaniy kontekstini saqlashni ko‘zlaydi. Maqolada ushbu ikki yondashuvning moliyaviy matnlar tarjimasiga ta’siri misollar asosida yoritilib, samarali tarjima strategiyalari taklif etiladi.

Published

2025-06-24