MAKTABGACHA TAʼLIM TIZIMIDA TA’LIM JARAYONLARINI TO‘G‘RI TASHKIL ETISH VA UNING SAMARADORLIGINI OSHIRISHNING USUL VA VOSITALARI

Authors

  • Ashurov Sherali Ibragimovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: maktabgacha ta’lim, ta’lim jarayoni, samaradorlik, pedagogik texnologiyalar, innovatsion usullar, o‘yinli o‘qitish, ta’lim vositalari, metodik yondashuv, bolalar rivoji, ta’lim muhitini tashkil etish.

Abstract

Mazkur maqolada maktabgacha ta’lim tizimida ta’lim jarayonlarini to‘g‘ri tashkil etish masalasi va uning samaradorligini oshirishga xizmat qiluvchi asosiy usul va vositalar tahlil qilinadi. Ta’lim jarayonini sifatli tashkil etish — bolalarning har tomonlama rivojlanishiga, mustaqil fikrlash, ijtimoiylashuv va tayyorgarlik darajasining oshishiga zamin yaratishi ta’kidlanadi. Shuningdek, maqolada zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion yondashuvlar, o‘yin orqali o‘qitish, axborot-kommunikatsiya vositalaridan foydalanish kabi metodlar maktabgacha yoshdagi bolalarning qiziqishi va faolligini oshirishdagi o‘rni ochib beriladi. Muallif maktabgacha ta’lim muassasalarida samarali ta’lim muhitini shakllantirish, pedagoglarning metodik mahoratini rivojlantirish va ota-onalar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishning dolzarb jihatlarini ham yoritadi.

Published

2025-06-27