TIJORAT BANKLARIDA KASSA TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDA AUDIT VA AVTOMATLASHTIRISHNING ROLI

Authors

  • ISAMUXAMEDOVA BARNO BAXTIYAROVNA Author

Keywords:

Kalit so`zlar: kassa operatsiyalari, avtomatlashtirish, ichki audit, nazorat tizimi, naqd pul muomalasi, inkassatsiya, bank xavfsizligi, elektron monitoring.

Abstract

Annotatsiya: Mazkur tezisda O‘zbekiston tijorat banklarida kassa tizimini samarali tashkil etish muammolari, xususan, audit nazorati va operatsion avtomatlashtirish darajasi tahlil qilinadi. Kassa faoliyatining ishonchliligi nafaqat bank ichki muvozanatini, balki mijozlar ishonchini ta’minlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Tadqiqotda mavjud kamchiliklar — xodimlar malakasining yetishmasligi, kassa jarayonlarining to‘liq avtomatlashtirilmaganligi, inkassatsiya xizmatlarining eskirgan shakli va ichki auditning sustligi yoritiladi. Shuningdek, Germaniya, AQSh va Turkiya kabi mamlakatlar tajribasi asosida xalqaro standartlarga mos taklif va yechimlar ishlab chiqiladi. Tezis yakunida kassa operatsiyalarini to‘liq avtomatlashtirish, real vaqtli audit tizimini joriy etish, hamda xavfsizlik va hujjatlashtirishni raqamlashtirish orqali tizim samaradorligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar berilgan.

Published

2025-07-09