MIKROPLASTIKLAR VA MIKROORGANIZMLAR: OKEAN VA SUV TIZIMLARIDA YANGI EKOLOGIK XAVF"
Keywords:
Mikroplastiklar, plastisfera, biofilm, suv mikrobiologiyasi, patogen mikroorganizmlar, antibiotik rezistentligi, ekologik xavf, suv havzalari, mikrobial ifloslanish, sog‘liq xavfsizligi.Abstract
Mikroplastiklar global miqyosda ekologik va mikrobiologik muammoga aylangan sintetik polimer zarralaridir. Ular okean va chuchuk suv muhitlarida mikroorganizmlar, xususan patogen bakteriyalar uchun yangi yashash muhitini yaratadi. Ushbu zarrachalar yuzasida mikroblar biofilm shaklida joylashib, "plastisfera" deb ataluvchi sun’iy ekotizimni hosil qiladi. Plastisfera orqali zoonoz infeksiyalar va antibiotiklarga chidamli bakteriyalar suv hayvonlari va inson organizmiga uzatilishi mumkin. Bu holat ekologik muvozanatni izdan chiqaribgina qolmay, global sog‘liq xavfsizligi uchun ham jiddiy tahdid tug‘diradi.
Downloads
Published
2025-07-21