LOYIHA MUHITIDA INQIROZNI BOSHQARISH: YO‘QOTISHDAN SABOQLAR

Authors

  • Numanov Abbosbek Baxromjon o‘g‘li Author

Abstract

Bugungi globallashuv davrida loyihalarni muvaffaqiyatli boshqarish har qanday tashkilot yoki muassasaning asosiy raqobatbardoshlik omilidir. Biroq har qanday loyihada inqiroz holatlari yuzaga kelishi mumkin. Ular texnologik, moliyaviy, inson omiliga oid yoki tashqi siyosiy-iqtisodiy sharoitlar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Shu sababli, inqirozni oldindan bashorat qilish, u bilan samarali kurashish va undan saboq chiqarish loyihaning barqaror rivojlanishini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Loyihada inqiroz bu loyiha maqsadlari, byudjeti, muddatlari yoki sifat talablariga erishishda keskin buzilish holatidir. Inqirozga olib keluvchi asosiy sabablar — noto‘g‘ri rejalashtirish va risklarni baholash, moliyaviy resurslarning yetishmasligi, loyiha ishtirokchilari o‘rtasida muvofiqlikning yo‘qligi, yangi tashqi sharoitlarga moslasha olmaslik hamda siyosiy yoki huquqiy o‘zgarishlardir.

Published

2025-07-24