TOG‘-KON SANOATIDA AXBOROT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASHNING ZAMONAVIY USULLARI VA VOSITALARI

Authors

  • Xaydaraliyev Elbek Farxod o’g’li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: raqamli tog‘-kon sanoati, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, shaxta boshqaruvi, geologik ma’lumotlar, sun’iy intellekt.

Abstract

Hozirgi zamonaviy raqamlashtirish davrida insoniyat hayotining deyarli barcha yo‘nalishlarida, jumladan, tog‘-kon sanoatida ham raqamli texnologiyalardan foydalanish misli ko‘rilmagan tezlik bilan rivojlanmoqda. Shu jihatdan qaralganda, raqamli tog‘-kon sanoatida axborot xavfsizligini ta’minlash va ishlab chiqarish jarayonlarida to‘planadigan ma’lumotlarni himoyalash dolzarb masalaga aylangan. Maqolada sun’iy intellekt texnologiyalarini qo‘llash, kon ishlari bo‘yicha ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash, har bir jarayonni tahlil qilish, kerakli aniq va ishonchli ma’lumotlarni yig‘ish hamda ularga ta’sir etuvchi omillar yoritiladi. Bundan tashqari, xalqaro tajribalar asosida tog‘-kon sanoatida zamonaviy axborot xavfsizligi yechimlarini qo‘llashga oid xulosa va takliflar beriladi.

Published

2025-08-14