TA’LIMDA MENEJMENT VA BOSHQARUV IQTISOSLIGI
Keywords:
Kalit so‘zlar: ta’lim menejmenti, boshqaruv ixtisosligi, kasbiy sertifikatlash, ilmiy daraja, malaka oshirish, raqamli ta’lim, xalqaro tajriba, innovatsion boshqaruv.Abstract
Mazkur tezisda ta’lim tizimida menejment va boshqaruv ixtisosligining kasbiy sertifikatlash jarayonidagi o‘rni va ahamiyati tahlil qilinadi. Sertifikatlash nafaqat o‘qituvchilar va rahbar kadrlar malakasini oshirishda, balki ilmiy darajaga ega bo‘lgan mutaxassislarning amaliy tajribalarini ta’lim tizimiga tatbiq etishda ham muhim mexanizm sifatida qaraladi. Xususan, sertifikatlash jarayonlari zamonaviy boshqaruv vositalari, raqamli texnologiyalar va xalqaro tajriba asosida yondashilganda, ta’lim sifati, shaffoflik va innovatsion rivojlanishga xizmat qilishi mumkin. Ilmiy daraja olgan nomzodlarning sertifikatlashda ishtirok etishi esa ularning ilmiy izlanishlarini amaliy loyiha sifatida ta’lim boshqaruvi tizimida qo‘llash imkonini beradi.