O‘PKA EMBOLIYASI: ERTA TASHXIS VA FAVQULODDA YORDAM KO‘RSATISH
Keywords:
Kalit so‘zlar: o‘pka emboliyasi, tromboembolizm, diagnostika, favqulodda yordam, antikoagulyant terapiya.Abstract
Annotatsiya; O‘pka emboliyasi (OE) — o‘pka arteriyalarining yoki ularning yirik shoxlarining qon quyqalari, yog‘ tomchilari, havo pufakchalari yoki boshqa embolik materiallar bilan to‘silib qolishi natijasida yuzaga keladigan, hayot uchun xavfli bo‘lgan patologik holatdir. Ushbu maqolada OE ning patogenez mexanizmi, asosiy xavf omillari, klinik belgilari, zamonaviy diagnostika usullari va favqulodda yordam ko‘rsatish tamoyillari ilmiy nuqtai nazardan yoritiladi. Erta tashxis qo‘yish va intensiv davolash choralari bemor hayotini saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Downloads
Published
2025-08-22