O‘ZBEKISTONDA IQTISODIY O‘SISHNI TA'MINLASHNING ASOSIY STRATEGIK YO‘NALISHLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: O‘zbekiston, iqtisodiy o‘sish, strategik yo‘nalishlar, modernizatsiya, barqaror rivojlanish, makroiqtisodiy barqarorlik, xususiy sektor, xorijiy investitsiyalar, sanoat, eksport, innovatsiyalar, xalqaro tajriba.Abstract
Annotatsiya: Mazkur tezisda O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning asosiy strategik yo‘nalishlari yoritiladi. Mustaqillikdan so‘ng mamlakat iqtisodiyotini modernizatsiya qilish, bozor mexanizmlarini takomillashtirish va xalq farovonligini oshirish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi. Tezisda iqtisodiy o‘sishni jadallashtirishda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash, xususiy sektor faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, xorijiy investitsiyalarni jalb etish, sanoatni diversifikatsiya qilish hamda eksport imkoniyatlarini kengaytirish asosiy ustuvor yo‘nalishlar sifatida ko‘rsatib o‘tiladi. Shuningdek, qishloq xo‘jaligida resurslardan oqilona foydalanish, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsiyalarni joriy etish va inson kapitaliga investitsiyalarni oshirishning ahamiyati alohida ta’kidlanadi. “Yashil iqtisodiyot” konsepsiyasi doirasida ekologik barqarorlikni ta’minlash, energiya samaradorligini oshirish va qayta tiklanuvchi manbalardan keng foydalanish yo‘nalishlari ham iqtisodiy o‘sish strategiyasining muhim tarkibiy qismlari sifatida tahlil qilinadi.