ERKIN A’ZAMOVNING “SHOIRNING TO‘YI” ASARIDA BOSH QAHRAMON FOJEASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Erkin A’zamov, Shoirning to‘yi, Otashqalb shoir, qatag‘on, ma’naviy fojea, adabiy obraz, ikkiyuzlamachilik, tarixiylik, badiiylik, Cho‘lpon, Usmon Nosir, sovet mafkurasi, ramziy tasvir, haqiqat, adolat, milliy uyg‘onish, o‘zbek adabiyoti.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada Erkin A’zamovning “Shoirning to‘yi” qissasidagi bosh qahramon — Otashqalb shoir timsolida o‘zbek xalqining ma’naviy fojiasi, qatag‘on yillari ruhiyati va zamon zulmi ostida ezilgan ijodkor taqdiri yoritiladi. Asarda sovet mafkurasi davridagi adolatsizlik, ikkiyuzlamachilik, vijdonsizlik kabi illatlar badiiy ifodasini topgan. Qissa retrospektiv syujet asosida qurilgan bo‘lib, unda ikki davr — sho‘ro davri va oshkoralik yillaridagi voqealar uyg‘unlikda tasvirlanadi. Muallif o‘ziga xos uslubda ramziy obrazlar, ijtimoiy-tarixiy fon va badiiy umumlashtirish orqali insoniyat qadri, haqiqat va adolat g‘oyalari ustuvorligini ilgari suradi. Otashqalb shoir obrazi orqali yozuvchi Cho‘lpon, Usmon Nosir kabi tarixiy shaxslar taqdiriga ishora qilib, milliy o‘zlik va erkin fikr uchun kurash mavzusini teran badiiylikda ochib beradi. Asarda davr va makon, insoniylik va pastkashlik, fidoyilik va munofiqlik o‘rtasidagi kurash yuksak badiiy mahorat bilan yoritilgan.