AGRAR SEKTORNI MODERNIZATSIYA QILISHNING ASOSIY STRATEGIK YO‘NALISHLARI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Agrar sektor, modernizatsiya, strategik yo‘nalishlar, qishloq xo‘jaligi, innovatsiya, texnologiyalar, raqamli transformatsiya, samaradorlik, resurslardan foydalanish, yer resurslari, suv resurslari, kooperatsiya, fermer xo‘jaligi.Abstract
Annotatsiya: Agrar sektorni modernizatsiya qilish bugungi kunda iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zero, qishloq xo‘jaligi nafaqat aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashda, balki mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishida ham muhim o‘rin tutadi. So‘nggi yillarda respublikamizda agrar sohada modernizatsiya jarayonlarini jadallashtirish, samaradorlikni oshirish va resurslardan oqilona foydalanishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Ushbu jarayonning asosiy strategik yo‘nalishlari sifatida qishloq xo‘jaligida innovatsion texnologiyalarni joriy etish, yer va suv resurslaridan samarali foydalanish, fermer xo‘jaliklari va kooperatsiyalar faoliyatini rivojlantirish, shuningdek, yuqori qo‘shilgan qiymatga ega mahsulotlar ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi. Modernizatsiya jarayonida xalqaro tajribadan foydalanish, ilm-fan va amaliyotni uyg‘unlashtirish, qishloq xo‘jaligida raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etish strategik ustuvor vazifalardan biri hisoblanadi.