MINTAQAVIY IQTISODIY BARQARORLIKNI TA’MINLASHDA MOLIYAVIY NAZORAT TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISH ZARURATI
Abstract
Global iqtisodiy makonda yuz berayotgan keskin o‘zgarishlar, raqobatning kuchayishi, moliyaviy xavflarning ortib borishi, davlat byudjeti siyosatining murakkablashuvi hamda biznes subyektlarining zamonaviy boshqaruvga ehtiyoji ortib borayotgan bir davrda iqtisodiy barqarorlikni ta’minlash dolzarb vazifalardan biri sifatida maydonga chiqmoqda. Har qanday davlat yoki mintaqa iqtisodiy taraqqiyoti, avvalo, uning moliyaviy boshqaruv tizimi qay darajada mukammal tashkil etilganligiga bevosita bog‘liqdir. Shu nuqtai nazardan, moliyaviy resurslardan oqilona foydalanish, byudjet mablag‘larining maqsadli sarflanishi, soliq va bojsiz to‘lovlar intizomini mustahkamlash, korrupsiyaviy omillarni bartaraf etish hamda iqtisodiy qonunbuzarliklarning oldini olishda moliyaviy nazorat tizimi alohida o‘rin tutadi.