BOLALARDA VIRUSLI GEPATIT A KASALLIGINING KLINIK XUSUSIYATLARI

Authors

  • Mirxoshimov Mirfozil Mirxotamovich Author

Keywords:

Kalit soʻzlar: gepatit A, bemor, infeksiya, kasallik, immunitet, bola, oziq-ovqat mahsulotlari, tana harorati, og‘iz qurishi, ko‘ngil aynishi.

Abstract

Annotatsiya: Virusli gepatit A bolalarda eng ko‘p uchraydigan jigar kasalliklaridan biri hisoblanadi. Ushbu kasallik asosan bolalar va o‘smirlar orasida katta tarqalishga ega bo‘lib, infeksiya yuqoridan pastgacha deyarli barcha yosh guruhlarini qamrab olishi mumkin. Gepatit A virusi, asosan, ifloslangan suv, oziq-ovqat mahsulotlari orqali yoki kasallangan odam bilan bevosita aloqa qilish natijasida yuqadi. Ayniqsa, obodonlashtirilmagan manzillarda, suv va kanalizatsiya tizimi bilan bog‘liq muammolari bor hududlarda, kichik bolalar bog‘chalari va maktablarda xastalikning tarqalish sur'ati yuqori bo‘ladi.

Published

2025-10-11