KRON KASALLIGI BILAN OG‘RIGAN BEMORLARDA IMMUNOLOGIK KO‘RSATKICHLAR ASOSIDA KASALLIKNING QAYTALANISH XAVFINI PROGNOZLASH
Keywords:
Kalit so‘zlar: Kron kasalligi, immunologik ko‘rsatkichlar, IL-6, TNF-α, IL-10, qaytalanish xavfi, prognozlash, biomarkerlar.Abstract
Annotatsiya. Mazkur tadqiqotda Kron kasalligi bilan og‘rigan bemorlarda immunologik ko‘rsatkichlar asosida kasallikning qaytalanish xavfini prognozlash imkoniyatlari o‘rganildi. Tadqiqot 2015–2024 yillar davomida Toshkent tibbiyot akademiyasi va Buxoro davlat tibbiyot instituti klinik bazalarida kuzatilgan 82 nafar bemor misolida olib borildi. Tahlillar davomida IL-1β, IL-6, TNF-α, IL-10 kabi sitokinlarning darajalari aniqlanib, ularning kasallikning og‘irligi va qaytalanish chastotasi bilan bog‘liqligi o‘rganildi. Olingan natijalarga ko‘ra, IL-6 va TNF-α darajasining oshishi, IL-10 darajasining pasayishi kasallikning qaytalanish xavfi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlandi. Ushbu immunologik biomarkerlar asosida qaytalanishni erta aniqlash va individual davolash strategiyasini ishlab chiqish imkoniyati shakllantirildi. Tadqiqot natijalari Kron kasalligini boshqarishda immuno-patogenetik yondashuvlarning ahamiyatini tasdiqlaydi.