ONALIK ARXETIPI VA ZAMONAVIY ONALAR OBRAZIDAGI XARAKTER DINAMIKASI
Keywords:
Kalit so‘zlar: onalik arxetipi, Buyuk Ona, badiiy psixologizm, ichki monolog, xarakter dinamikasi, narrativ empatiya, migratsiya.Abstract
Maqola onalik arxetipining nazariy ildizlarini va zamonaviy adabiyotda ona obrazining o‘zgaruvchan xarakterini tahlil qiladi. Jung, Neumann, Clarissa Pinkola Estés va Marina Warner qarashlari fonida “Buyuk Ona” arxetipi izohlanadi. Zamonaviy nasrda arxetipdan og‘ish, ijtimoiy bosim, yolg‘izlik, migratsiya va qashshoqlik kabi omillar ona ruhiyati va munosabatlariga qanday ta’sir qilishi misollar bilan ko‘rsatiladi (Amy Tan, Salomat Vafo, Javlon Jovliyev, Chimamanda Ngozi Adichie). Psixologik o‘zgarishlar bevosita/bilvosita tasvir, ichki monolog, retrospektiva va detal orqali tahlil qilinadi. Xulosa sifatida onalik idealining statik modeli yemirilgani, o‘rniga ko‘p qirrali va dinamik psixologik portretlar paydo bo‘lgani asoslanadi.
Downloads
Published
2025-10-14