YUQORI DAROMADGA EGA JISMONIY SHAXSLARNI SOLIQQA TORTISH MA’MURIYATCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI (XORIJIYTAJRIBA MISOLIDA)

Authors

  • Bekmetov Xursandbek Ilxamovich Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: yuqori daromad, jismoniy shaxslar, soliqqa tortish, soliq ma’muriyatchiligi, soliqqa tortish tizimi, progressiv soliq stavkalari, soliq yuki, soliqni optimallashtirish, raqamlashtirish, xalqaro tajriba, soliq imtiyozlari.

Abstract

Annotatsiya: Ushbu maqolada yuqori daromadga ega jismoniy shaxslarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligini takomillashtirish masalalari yoritilgan. Maqolada xalqaro tajribalar asosida soliqqa tortish tizimining samaradorligini oshirish yo‘llari tahlil qilingan hamda O‘zbekiston sharoitida qo‘llash mumkin bo‘lgan mexanizmlar o‘rganilgan. Tadqiqotda quyidagi masalalarga e’tibor qaratilgan: yuqori daromadli jismoniy shaxslar uchun soliq stavkalarini belgilash tamoyillari, soliqqa tortishda shaffoflik va adolatni ta’minlash, soliq ma’muriyatchiligida raqamlashtirish va elektron tizimlardan foydalanish, shuningdek, soliqni yashirish va chet elga kapital chiqib ketishining oldini olish mexanizmlari. O‘zbekiston uchun yuqori daromadga ega jismoniy shaxslarni soliqqa tortish ma’muriyatchiligini takomillashtirish bo‘yicha aniq taklif va tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Published

2025-10-17