ABDULLA ORIPOVNING ALISHER NAVOIY IJODIGA MUNOSABATI
Abstract
O‘zbek adabiyoti rivojida Alisher Navoiy merosining tutgan o‘rni beqiyosdir. “Turkiy adabiyot otasi” deya e’tirof etilgan Navoiy ijodi nafaqat o‘z davrining, balki bugungi zamonning ham ma’naviy xazinasi sanaladi. Uning asarlarida insonparvarlik g‘oyalari, ma’rifat va axloqiy komillik, vatan va millat tuyg‘ulari yuksak badiiy darajada ifodalangan. Bu meros keyingi davr adabiyoti taraqqiyoti uchun ham boy manba bo‘lib xizmat qilgan. Ayniqsa, XX asr o‘zbek adabiyotining yirik vakillaridan biri bo‘lgan Abdulla Oripov ijodida Navoiyga bo‘lgan hurmat, ehtirom va ijodiy munosabat alohida ko‘zga tashlanadi.
Downloads
Published
2025-10-17