QISHLOQ XO‘JALIGI EKSPORTIDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR VA ELEKTRON SAVDO PLATFORMALARINING O‘RNI
Keywords:
Kalit so‘zlar: raqamli texnologiyalar, elektron savdo, qishloq xo‘jaligi eksporti, Dalatek platformasi, Uzum, Unisavdo.uz, agroeksport, raqamlashtirish, suv tejovchi texnologiyalar, Raqamli O‘zbekiston-2030, barqaror rivojlanishAbstract
Annotatsiya. O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi eksportining 2024–2025 yillarda rivojlanishida raqamli texnologiyalar va elektron savdo platformalari strategik ahamiyatga ega bo‘lib, ular mahsulot ishlab chiqarish, qayta ishlash va xalqaro bozorlarga chiqish jarayonlarini raqamlashtirish orqali eksport salohiyatini sezilarli darajada oshiradi. 2024-yilda umumiy eksport hajmi 26,94 milliard dollarga yetib, qishloq xo‘jaligi sohasida hosildorlikni oshirish uchun suv tejovchi texnologiyalar va Dalatek platformasi joriy etilishi fermerlarning raqamli savodxonligini kuchaytirib, eksportni diversifikatsiya qilmoqda; shu bilan birga, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi doirasida qishloq xo‘jaligi eksportini 10 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan bo‘lib, 2025-yilda suv taqsimoti uchun “Suv hisobi” yagona tizimi elektron shaklda ishga tushadi. Elektron savdo platformalari, jumladan, Uzum (2024-yilda 1 milliard dollardan ortiq baholangan ilk “yunikorn” bo‘lib), Unisavdo.uz milliy onlayn savdo platformasi va Alibaba.com dagi “Made in Uzbekistan” bo‘limi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini xorijiy xaridorlarga yetkazib berishda yordam berib, e-commerce bozorini 543 million dollardan yuqori ko‘rsatkichlarga olib chiqmoqda; bu jarayon “Raqamli O‘zbekiston – 2030” dasturi va soliq imtiyozlari (raqamli ekotizimga integratsiyalangan platformalar uchun 50% chegirma) orqali qo‘llab-quvvatlanmoqda. Umuman, ushbu texnologiyalar qishloq xo‘jaligi eksportini barqaror o‘sishga undab, 2025-yilda 15 milliard dollarlik investitsiyalarni jalb etish va agrologistika markazlarini kengaytirish orqali O‘zbekistonning global raqobatbardoshligini mustahkamlamoqda, ammo raqamli infratuzilmani takomillashtirish va kichik xo‘jaliklarning texnologik qamrovini kengaytirish masalalari dolzarb bo‘lib qolmoqda.