TIJORAT BANKLARIDA XALQARO PUL O‘TKAZMALARI HISOBINI YURITISH JARAYONLARI (“O‘ZSANOATQURILISHBANK” ATB MISOLIDA)
Keywords:
Kalit soʻzlar: Tijorat banklari, xalqaro pul o‘tkazmalari, “O‘zsanoatqurilishbank” ATB, buxgalteriya hisobi, xalqaro to‘lov tizimlari, SWIFT, Western Union, MoneyGram, Contact, valyuta nazorati, moliyaviy operatsiyalar, bank tizimi.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezisda tijorat banklarida xalqaro pul o‘tkazmalari hisobini yuritish jarayonlari, ularning tashkil etilish mexanizmi hamda bu jarayonda zamonaviy bank texnologiyalarining qo‘llanilishi “O‘zsanoatqurilishbank” ATB misolida tahlil qilinadi. Xalqaro pul o‘tkazmalari bugungi globallashuv sharoitida iqtisodiyotning muhim bo‘g‘iniga aylangan bo‘lib, ular nafaqat jismoniy va yuridik shaxslar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarni tartibga soladi, balki mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda “O‘zsanoatqurilishbank” tizimida xalqaro o‘tkazmalarni amalga oshirishda qo‘llaniladigan SWIFT, Western Union, MoneyGram, Contact kabi to‘lov tizimlari, ularning ishlash prinsiplari va xavfsizlik mexanizmlari yoritilgan. Shuningdek, tezisda xalqaro pul o‘tkazmalari hisobini yuritishda buxgalteriya hisobining o‘ziga xos jihatlari, hujjatlashtirish tartibi, valyuta nazorati talablari va audit jarayonlari tahlil etilgan.