O‘ZBEKISTONDA QISHLOQ XO‘JALIGINI RIVOJLANTIRISHDA KOOPERATSIYALARNING O‘RNI
Keywords:
Kalit soʻzlar: Qishloq xo‘jaligi, kooperatsiya, agrar islohotlar, fermer xo‘jaligi, dehqon xo‘jaligi, agrokooperatsiya, iqtisodiy integratsiya, agrar siyosat, oziq-ovqat xavfsizligi, ishlab chiqarish zanjiri, qishloq infratuzilmasi, eksport salohiyati.Abstract
Annotatsiya: Ushbu tezisda O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish jarayonida kooperatsiyalarning o‘rni va ularni qo‘llab-quvvatlashda davlatning roli tahlil qilinadi. Asarda kooperatsiyalar orqali fermer xo‘jaliklari, klasterlar va dehqonlar o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish, ishlab chiqarishni birlashtirish va mahsulotlarni bozorga samarali chiqarish imkoniyatlari yoritiladi. Tezisda, shuningdek, kooperativ faoliyatining iqtisodiy va ijtimoiy jihatlari, ularning qishloq aholisining daromadlarini oshirish, bandlikni kengaytirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashdagi ahamiyati tahlil etiladi. Tadqiqotda kooperatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash orqali agrar tarmoqda resurslardan oqilona foydalanish, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va hududiy iqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash imkoniyatlari aniqlanadi.