O‘ZBEK TILIDAGI ANEMONIM KOMPONENTLI TEZ AYTISHLARNING LINGVISTIK TAHLILI
Keywords:
Kalit so‘zlar: tez aytish, tabiat hodisasi, fonetika, semantika, xalq og‘zaki ijodi, alliteratsiya, lingvistik tahlil.Abstract
Annotatsiya. Ushbu maqolada o‘zbek tilidagi tabiat hodisalari komponentli tez aytishlarning lingvistik, fonetik va semantik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tez aytishlar xalq og‘zaki ijodining o‘ziga xos janri bo‘lib, unda tovush o‘yini, ritmik qurilish va badiiy obrazlar uyg‘unlashadi. Ayniqsa, tabiat hodisalarini ifodalovchi so‘zlar bu janrda fonetik uyg‘unlikni ta’minlash bilan birga xalqning tabiatga bo‘lgan munosabatini ham aks ettiradi. Tadqiqotda tez aytishlarning fonetik takror, alliteratsiya, assonans va semantik ko‘lam kabi jihatlari yoritilgan.Downloads
Published
2025-10-20