ABDUSAMAD BOBOXO‘JAYEV VA SHOH MAHMUD G‘OZIYNING 1958-YILGI ARXIV SUHBATI TAHLILI

Authors

  • Abdullayev Botir Jabbor o‘g‘li. Author

Abstract

O‘zbekiston Markaziy Davlat Arxivida saqlanayotgan Abdusamad Boboxo‘jayev shaxsiy fondi (F. № 2850, Op. № 1, D. № 160) Markaziy Osiyo va Afg‘oniston tarixini o‘rganishda noyob manbani tashkil etadi. 1958-yil 12-aprel kuni Qobul shahrida Afg‘oniston armiyasi bosh qo‘mondoni, oliy martabali marshal Shoh Mahmudxon G‘oziy bilan o‘tkazilgan suhbatda mustaqillik uchun kurash, urush frontlari, siyosiy va harbiy jarayonlar chuqur tahlil qilinadi. Bu suhbatdan olingan ma’lumotlar Afg‘onistonning o‘z suverenitetini himoya qilish yo‘lida amalga oshirgan harakatlarini tushunishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Published

2025-10-21