ISLOM MOLIYASI VA BMTNING BARQAROR RIVOJLANISH MAQSADLARI (SDGS) O‘RTASIDAGI UYG‘UNLIK: YASHIL IQTISODIYOT KONTEKSTIDA TAHLIL

Authors

  • Maxmudova Aziza Fayzulla qizi Author

Abstract

So‘nggi yillarda global miqyosda barqaror rivojlanish masalasi iqtisodiy siyosatning markaziy yo‘nalishiga aylandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) tomonidan 2015-yilda qabul qilingan Barqaror rivojlanish maqsadlari (Sustainable Development Goals – SDGs) 2030-yilgacha bo‘lgan davr uchun ijtimoiy adolat, iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikni birlashtirgan global strategik yo‘l xaritasidir. Shu bilan birga, Islom moliyasi o‘zining axloqiy, adolatli va ekologik mas’uliyat tamoyillariga tayangan holda ushbu maqsadlarga erishishda muhim mexanizm sifatida qaralmoqda. Islom moliyasi tizimi o‘z mohiyatiga ko‘ra, faqat moliyaviy foyda emas, balki ijtimoiy adolat, resurslardan oqilona foydalanish va atrof-muhitni asrash kabi maqsadlarni ham o‘z ichiga oladi. Bu jihatlar uni BMTning SDGlari bilan tabiiy uyg‘un holatga keltiradi. Islom moliyasi instrumentlari – sukuk, zakat, vaqf, qarz-hasan va musharaka/mudharaba – ijtimoiy farovonlikni oshirish, ekologik loyihalarni moliyalashtirish va moliyaviy inklyuziyani ta’minlashda muhim o‘rin tutadi.

Published

2025-10-21