SUG‘ORISH TIZIMLARIDA SUV RESURSLARINI BOSHQARISHDA ALGORITMIK MODELLASHTIRISH YONDASHUVLARI

Authors

  • Bazarbayev Axmet Qidirbay o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: sug‘orish tizimi, suv resurslari, algoritmik modellashtirish, raqamli boshqaruv, sun’iy intellekt, GIS texnologiyasi, suv taqsimoti, optimallashtirish.

Abstract

Mazkur tezisda sug‘orish tizimlarida suv resurslarini samarali boshqarish jarayonida algoritmik modellashtirish yondashuvlarining nazariy va amaliy asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda suv taqsimoti, sarfi va boshqaruv tizimlarini optimallashtirish uchun algoritmik modellar yaratishning afzalliklari ko‘rsatib beriladi. Ayniqsa, suv resurslaridan oqilona foydalanish, yo‘qotishlarni kamaytirish va irrigatsiya tizimlarini barqarorlashtirishda raqamli algoritmlarning o‘rni alohida yoritilgan. Shuningdek, tezisda matematik modellashtirish, sun’iy intellekt va geoinformatsion tizimlardan (GIS) foydalanish orqali suv taqsimoti jarayonlarini avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil etilgan.

Published

2025-10-22