"NOJIY G'AZALLARINING BADIIY XUSUSIYATI"
Keywords:
Kalit soʻzlar: g‘azallar, badiiy shakl, adabiyot, ijod, janr, badiiylik, estetika, tafakkur, tahlil.Abstract
Annotatsiya: Nojiy g‘azallarining badiiy xususiyatlarini o‘rganish o‘zbek adabiyoti va tasavvuf she’riyati an’analarini chuqur tahlil qilishni taqozo etadi. Uning ijodida dastlabki nazariy va estetik asoslar, badiiy shakl va mazmun uyg‘unligi, so‘z va ma’no uyg‘unligining favqulodda nozik qirralari markaziy o‘rinni egallaydi. Nojiy g‘azallari orqali o‘zbek she’riyati nafaqat yangi badiiy vositalar, balki inson yuragining eng nozik va teran tuyg‘ularini anglatadigan ramzlar tizimini ham egallab bordi. G‘azalnoma ichida yurakning azobli kechinmalari, tashnalik, vasl istagi, ajralish va ruhiy tozalikka intilish motivlari o‘ziga xos badiiy ranglarda mujassam bo‘ladi. Ushbu tezisda Nojiy g‘azallarining badiiy xususiyatlari haqida ma'lumotlar berilgan.