RAQAMLI SPEKTRAL TAHLIL ASOSIDA MUSIQA VA NUTQ SIGNALLARINI FARQLASH USULLARI
Keywords:
Raqamli signal, spektral tahlil, chastota, nutq signali, musiqa signali, FFT, amplituda, energiya zichligi.Abstract
Ushbu ilmiy ishda raqamli signalni qayta ishlashning spektral tahlilga asoslangan usullari yordamida musiqa va nutq signallarini o‘zaro farqlash masalasi yoritilgan. Audio signallar vaqt domenidan chastota domeniga o‘tkazilib, ularning energiya taqsimoti, amplituda spektri, dominant chastotalar va chastota diapazonining bandlik darajasi o‘rganildi. Tadqiqot davomida nutq signallarining energiya konsentratsiyasi asosan 300–3400 Hz oralig‘ida to‘plangani, musiqa signallarida esa yuqori chastotalar (10–16 kHz gacha) faol bo‘lishi aniqlangan. Shuningdek, yuqori chastota komponentlarining zichligi va amplituda spektrining tekisligi musiqa signalini nutq signalidan farqlovchi muhim belgi sifatida qayd etildi. Olingan natijalar oqimli media xizmatlari, ovozli yordamchi tizimlar, avtomatik tasniflagichlar va multimedia axborot xavfsizligi sohalarida amaliy qo‘llash imkoniyatiga egaligi bilan ahamiyatlidir.