MUZEYLAR FAOLIYATINI MADANIY RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY-FALSAFIY MASALALARI

Authors

  • ASHUROVA MAXBUBA AXTAMOVNA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: muzey faoliyati, madaniy rivojlanish, ijtimoiy-falsafiy tahlil, raqamli transformatsiya, milliy o‘zlik, ma’naviyat, estetik tarbiya.

Abstract

         Mazkur tezisda muzeylar faoliyatining madaniy rivojlanishdagi o‘rni va ularning ijtimoiy-falsafiy ahamiyati tahlil qilinadi. Unda muzeylarning nafaqat tarixiy merosni saqlash, balki jamiyatda ma’naviy qadriyatlarni shakllantirish, milliy o‘zlikni anglash va yosh avlodda estetik didni rivojlantirishdagi o‘rni yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy davrda raqamli texnologiyalar asosida muzey ishini takomillashtirish, interaktiv ko‘rgazmalar va virtual ekspozitsiyalar orqali aholi, xususan yoshlarning madaniy ongini yuksaltirish masalalari amaliy misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Maqola davomida O‘zbekiston Respublikasida 2020-2025-yillarda madaniyat va san’atni rivojlantirish strategiyasi doirasida muzeylarning modernizatsiya jarayonlari, ularning xalqaro tajriba bilan uyg‘unligi hamda falsafiy tahlil asosida ijtimoiy ahamiyati yoritilgan.

Published

2025-10-23