RAQAMLI TA’LIM MUHITIDA O‘QUVCHILARNING AXBOROT MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH
Keywords:
Kalit soʻzlar: raqamli texnologiyalar, axborot, madaniyat, ta'lim, ko'nikmalar, bilim, munosabat, mualliflik huquqi.Abstract
Annotatsiya: Raqamli texnologiyalarning jadal rivojlanishi zamonaviy ta’lim tizimiga tubdan o‘zgarishlar olib kirdi. Bu jarayon ta’lim jarayonida yangi yondashuvlarni, o‘qitish va o‘rganish shakllarini paydo qilishi bilan birga, o‘quvchilarning axborot madaniyatini yangi bosqichga ko‘tarilishini ham taqozo etadi. Axborot madaniyati deganda, o‘quvchilarning turli axborot manbalarini mustaqil ravishda tanlash, ulardan oqilona va samarali foydalanish, axborotni tahlil qilish, baholash hamda uni qayta ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish jarayoni tushuniladi. Raqamli muhitda bu ko‘nikmalarning o‘rni va ahamiyati yanada ortdi, chunki zamonaviy jamiyatning barcha jabhalari, xususan, ta’lim sohasi axborot texnologiyasiga bevosita bog‘liq bo‘lib bormoqda. Ushbu tezisda Raqamli ta’lim muhitida o‘quvchilarning axborot madaniyatini shakllantirish haqida ma'lumotlar berilgan.