ZAMONAVIY O‘ZBEK MATBUOTI VA IJTIMOIY TARMOQLARDA LINGVOKREATIVLIKNING NUTQIY NAMOYONLARI

Authors

  • SAFAROVA ZARINA HASANOVNA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: lingvokreativlik, nutqiy ifoda, o‘zbek matbuoti, ijtimoiy tarmoqlar, internet tili, metafora, mem, kreativ nutq, kommunikativ madaniyat, zamonaviy diskurs.

Abstract

         Mazkur ilmiy ishda zamonaviy o‘zbek matbuoti va ijtimoiy tarmoqlarda lingvokreativlikning nutqiy namoyonlari tahlil qilinadi. Maqolada o‘zbek tilida so‘zlovchi jurnalistlar, blogerlar va kontent yaratuvchilarning til vositalaridan noodatiy, lekin ta’sirchan foydalanish usullari o‘rganilgan. Xususan, ijtimoiy tarmoqlardagi postlar, sarlavhalar, reklama matnlari va memlar orqali auditoriya e’tiborini jalb etish, hissiy ta’sirni kuchaytirish, hamda o‘z fikrini kreativ tarzda ifodalash holatlari amaliy misollar asosida yoritilgan. Tadqiqot davomida lingvokreativlikning asosiy shakllari metaforik ifoda, so‘z o‘yini, kinoya, ironik uslub, emotsional nutq, neologizmlar va memetik birliklar tahlil qilinadi. Maqola shuningdek, o‘zbek tilidagi internet tilining o‘zgarishlari va nutq madaniyatiga ko‘rsatayotgan ta’sirini ochib beradi.

Published

2025-10-23