NUTQIY KREATIVLIKNI SHAKLLANTIRISHDA O‘ZBEK MILLIY MENTALITETI VA XALQ OG‘ZAKI IJODI AN’ANALARINING O‘RNI

Authors

  • SAFAROVA ZARINA HASANOVNA Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: nutqiy kreativlik, milliy mentalitet, xalq og‘zaki ijodi, estetik nutq, obrazlilik, ijodiy tafakkur, maqollar, ertaklar, nutq madaniyati, o‘zbek qadriyatlari.

Abstract

         Mazkur ilmiy ishda nutqiy kreativlikni shakllantirishda o‘zbek milliy mentaliteti va xalq og‘zaki ijodi an’analari muhim ijtimoiy-madaniy omil sifatida tahlil qilinadi. Nutqiy kreativlik insonning fikrlash, ifodalash va kommunikativ qobiliyatlarini rivojlantirishda o‘ziga xos madaniy asosga ega bo‘lib, o‘zbek xalqining qadimiy an’analari, maqollari, dostonlari, latifalari, qo‘shiqlari va maqom san’ati bu jarayonda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Tadqiqotda xalq og‘zaki ijodining turlari orqali o‘quvchi va yosh avlodda kreativ tafakkurni shakllantirishning amaliy usullari yoritilgan. Xususan, xalq ertaklari va maqollar asosida o‘quvchilarda so‘z boyligini kengaytirish, fikrni obrazli ifodalash, nutqda ta’sirchanlik va estetik ohangdorlikni kuchaytirish metodlari amaliy misollar bilan ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, milliy mentalitet ya’ni mehmondo‘stlik, samimiylik, so‘zga e’tibor, qadriyatga hurmat kabi fazilatlar orqali nutq madaniyatini shakllantirish mexanizmlari tahlil qilingan. Natijada, xalq og‘zaki ijodi vositasida o‘quvchilarning nutqiy tafakkuri, til sezgirligi va ijodiy fikrlash salohiyatini rivojlantirish yo‘llari aniqlanib, o‘zbek tilida zamonaviy kommunikativ kompetensiyani shakllantirishda an’anaviy madaniyatning o‘rni isbotlab berilgan.

Published

2025-10-23