TOSHKENT VILOYATIDA TURIZM INFRATUZILMASINING RIVOJLANISH OMILLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: Toshkent viloyati, turizm infratuzilmasi, rivojlanish omillari, investitsiyalar, transport tarmogʻi, mehmonxona xizmati, servis sifati, ekologik turizm, innovatsiyalar, mintaqaviy imkoniyatlar.Abstract
Annotatsiya: Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasining rivojlanish omillari alohida o‘rinni egallaydi va bu hudud o‘zining tabiiy va ijtimoiy salohiyati, geografik joylashuvi, transport imkoniyatlari hamda madaniy merosi bilan turli istiqbolli yo‘nalishlar uchun keng zamin yaratadi. Viloyatda turizm infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishida yagona faktor emas, balki bir necha asosiy omillar o‘zaro uzviy bog‘liq holda ta’sir qiladi. Turizm salohiyatidan to‘liq foydalanish uchun zamonaviy infratuzilmani rivojlantirish barobarida xizmatlar sifatini oshirish, yangi texnologiyalarni joriy etish, mavjud resurslardan oqilona foydalanish va sohada investitsiyaning jalb qilinishini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu tezisda Toshkent viloyatida turizm infratuzilmasining rivojlanish omillari haqida ma'lumotlar berilgan.