MAKTAB YOSHIDAGI BOLALARNING NAFAS OLISH ORGANLARINING FUNKSIONAL HOLATIGA EKOLOGIK OMILLARNING TA'SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: maktab yoshidagi bolalar, nafas olish organlari, funksional holat, ekologik omillar, atmosfera ifloslanishi, allergik kasalliklar, bronxial astma, salomatlik, atrof-muhit, profilaktika.Abstract
Annotatsiya: Maktab yoshidagi bolalar organizmining shakllanishi va hayot faoliyati ko‘plab tashqi hamda ichki omillar ta’sirida amalga oshadi. Shu omillar orasida ekologik muhitning ahamiyati beqiyosdir. Nafas olish organlari esa bolalarda ayniqsa sezgir va himoyasiz bo‘lib, ularning funksional holati atrof-muhitga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq. Bolalar o‘sish va rivojlanish jarayonida nafas olish organlarining ko‘p sonli omillar ta’sirida rivojlanishini boshdan kechiradilar. Nafas olish organlari, ayniqsa, o‘pka va bronxlar kislorod almashinuvi, gazlarni tashish, organizmdan karbonat angidrid gazini chiqarib yuborish kabi asosiy funksiyalarni bajaradi. Ushbu tezisda Maktab yoshidagi bolalarning nafas olish organlarining funksional holatiga ekologik omillarning ta'siri haqida ma'lumotlar berilgan.