INNOVATSION IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHDA STARTAPLAR FAOLIYATINI BARQARORLASHTIRISH MEXANIZIMLARI

Authors

  • Mashrabov Muhammad Yusuf Muxsinjon o‘g‘li Author

Keywords:

Kalit so‘zlar. Innovatsion iqtisodiyot, startaplar, startap ekotizimi, barqaror rivojlanish, venchur kapital, kraundfanding, innovatsion faoliyat, davlat-xususiy sheriklik, texnopark.

Abstract

Annotatsiya. Ushbu maqolada innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish jarayonida startaplarning faoliyatini barqarorlashtirish mexanizmlari tahlil qilinadi. Zamonaviy iqtisodiyotda startaplar innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni amalga oshirishda asosiy rol o‘ynaydi, shu bilan birga iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Maqolada startaplarning barqaror rivojlanishini ta’minlovchi strategiyalar, moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, shuningdek, innovatsion muhitni yaratishdagi davlat siyosati hamda xususiy sektorning roli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, startaplar faoliyatining barqarorligini oshirishda asosiy to‘siqlar va ularga yechimlar ham tahlil etiladi. Tadqiqot natijalari innovatsion iqtisodiyotda startaplar ekotizimini samarali rivojlantirish uchun amaliy tavsiyalar beradi va ushbu sohada ilg‘or tajribalarni joriy etish imkoniyatlarini ko‘rsatadi.

Published

2025-10-24