OILA TURMUSH DOIRASIDAGI HUQUQBUZARLIKLARNI KELTIRIB CHIQARUVCHI OMILLAR.

Authors

  • Obloqulov Javohir Tolib o’g’li Author

Abstract

Oila jamiyatning asosiy bo'g'inidir. U insonning hayotga kelishi, tarbiyalanishidagi asosiy makon. Oila bir necha kishilarni birgalikda yashash joyi. Oila to‘liq bo'lishi uchun ota-ona va farzandlar bo'lishi shart. Ularning birortasisiz ham oila bo'lishi mumkin. Lekin bunday oilada yetishmovchilik bo'ladi. Har bir oila ma’lum xonadonga mos bo'ladi. Oila qurishdan asosiy maqsad turli jins vakillarining birgalikda hayot kechirishi va farzand ko'rish hisoblanadi. Oila o'z ichki munosabatlariga asoslanadi. Oilaning ichki munosabatlari qonun hujjatlariga, milliy va axloqiy qadriyatlarga asoslanadi. Oilaviy munosabatlar tabiiy, iqtisodiy, ma’naviy ehtiyojni qondirish zarurati yuzasidan vujudga keladi. Har qanday jamiyatning mustahkamligi, rivoji oilaga bog'liq. Chunki, jamiyatda bo'ladigan ijtimoiy munosabatlarning dastlabki elementi oilada vujudga keladi va shakllanadi. Oiladagi kattalarning bir-biri, boshqalar bilan atrof-muhit, mol-mulkka bo'lgan munosabati yoshlarning shu masalalarga munosabatini shakllanishi uchun o'rnak bo'ladi. Oiladagi tarbiyaning boshqa tarbiyalardan farqi, afzalligi tarbiya u yerda faqat o'rgatish, o'qitish, ta’kidlash bilangina emas, barcha narsalarda katta yoshdagilarni kichik yoshlar uchun o'rnak ko'rsatishi orqali olib boriladi. Oilalar o‘rtasida (ya’ni turmush o‘rtoqlar, ota-ona va farzandlar yoki qarindoshlar o‘rtasida) janjal va nizolarni keltirib chiqaruvchi omillar juda ko‘p. Ular psixologik, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy sabablar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Published

2025-10-24