ZAMONAVIY O’ZBEK QISSASINING POETIKASI VA YANGILANISHI

Authors

  • Nilufar Yuldasheva Odilovna Author

Abstract

Dunyo adabiyotshunosligida XX asr o‘rtalaridan boshlab romandan keyingi yetakchilik qilgan qissa janrida ham voqelik, inson ruhiyatini chuqur tahlil qilish, hayot mohiyatini anglatishga ko‘proq ahamiyat berildi. Ushbu janrda yaratilgan asarlarning tuzilishi, obrazlari, konflikt, psixologik tahlil, badiiy-tasviriy vositalari hamda mavzular ko‘lamining kengligi janrning yangilanish tamoyillarini belgilab beradi. Tabiiyki, bu hozirgi adabiy jarayon, badiiy asarga to‘g‘ri yondashuv, nasrning qissa janri va uning badiiyati to‘g‘risida tushunchaga ega bo‘lish adabiyotshunoslikda o‘ziga xos nazariy bilim va ko‘nikma zaruratini yuzaga keltiradi.

Published

2025-10-24