BOLALARDA SITOMEGALOVIRUS, MIKOPLAZMA VA XLAMIDIYA INFEKTSIYALARI BILAN KECHADIGAN PNEVMONIYANING KLINIK XUSUSIYATLARI
Keywords:
Kalit so‘zlar: pnevmoniya, sitomegalovirus, Mycoplasma pneumoniae, Chlamydia pneumoniae, bolalar, klinik xususiyatlar, diagnostika, davolash.Abstract
Ushbu maqolada bolalarda uchraydigan pnevmoniyaning sitomegalovirus (SMV), Mycoplasma pneumoniae va Chlamydia pneumoniae infektsiyalari bilan bog‘liq shakllari klinik, diagnostik va davolash xususiyatlari bilan birgalikda ko‘rib chiqilgan. Bolalar orasida uchraydigan pnevmoniyalar orasida ushbu atipik qo‘zg‘atuvchilar bilan bog‘liq holatlar soni so‘nggi yillarda ortib bormoqda. Bu infektsiyalar nafaqat yallig‘lanish jarayonining davomiyligini uzaytiradi, balki bronxial o‘tkazuvchanlik, immun javob va klinik og‘irlik darajasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Tadqiqotda bu qo‘zg‘atuvchilar bilan kechuvchi pnevmoniyaning o‘ziga xos klinik belgilarini, diagnostika usullarini va kompleks davolash yondashuvlarini tahlil qilish orqali erta tashxis qo‘yish va asoratlarning oldini olish imkoniyatlari yoritiladi.