SANOAT KORXONALARIDA INNOVATSION SALOHIYATINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMINI TAKOMILLASHTIRISH ( NEFT-GAZ MISOLIDA)
Keywords:
Kalit soʻzlar: sanoat korxonalari, innovatsion texnologiyalar, salohiyat, korxona, tadqiqotlar, omillar, tajriba, zavodlar, mahsulot.Abstract
Annotatsiya: Sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish, ayniqsa neft-gaz sanoati singari yirik va murakkab sohalarda alohida ahamiyatga ega. Ushbu sohada zamonaviy talablarga mos innovatsion yondashuvlarni joriy etish korxonaning strategik ustuvorliklarini belgilaydigan, iqtisodiy samaradorlikni oshirishga zamin yaratadigan asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Ma’lumki, neft-gaz sanoatida innovatsiyalarning samarali qo‘llanilishi ishlab chiqarish texnologiyalarini yangilash, mahsulot sifatini oshirish, ekologik xavfsizlik choralarini kuchaytirish, energiya tejovchi texnologiyalarni keng joriy qilish, mehnat unumdorligini ko‘paytirish kabi muhim yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Ushbu tezisda sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish haqida ma'lumotlar berilgan.