TILSHUNOSLIK NAZARIYASINING O‘RGANISH BOSQICHLARI

Authors

  • Uralova Ma’rifat Shonazarovna Author

Abstract

Tilshunoslik, „Lingvistika“ — til haqidagi, uning ijtimoiy tabiati, vazifasi, ichki tuzilishi, tasnifi, muayyan tillarning amal qilish (faoliyat) qonunlari, tarixiy taraqqiyoti haqidagi fandir. Maqsadi va vazifasiga koʻra, tilshunoslikning bir nechta yoʻnalishlari (sohalari) bor: umumiy tilshunoslik — tilni umuman insonga xos hodisa sifatida oʻrganuvchi, asosiy vazifasi dunyo tillariga xos eng umumiy belgi-xususiyatlarni aniqlash va yoritish boʻlgan soha; xususiy tilshunoslik— ayrim bir til belgi-xususiyatlarini oʻrganuvchi soha; amaliy tilshunoslik — tildan foydalanish bilan aloqador amaliy masalalarni (eksperimental) , leksikografiya, lingvostatistika, transkripsiya, transliteratsiya va boshqalar) hal qilish metodlarini ishlab chiquvchi yoʻnalish; matematik lingvistika, strukturaviy tilshunoslik, qiyosiy-tarixiy tilshunoslik va boshqa paralingvistika, etnolingvistika, psixolingvistika, sotsiolingvistika kabi sohalar soʻzlovchi (shaxs)ning jamiyatdagi faoliyati bilan aloqador til xususiyatlarini oʻrganadi.

Published

2025-10-27