O ‘ZBEK TILSHUNOSLIGIDA METAFORALARNING MATN YARATILISHIDAGI ROLI

Authors

  • Sattorqulova Shalola To'ychi qizi Author

Abstract

O‘zbek yozuvchilari tomonidan yaratilgan nasriy asarlarda qo‘llangan badiiy metaforalarni kuzatish asosida shuni aytish mumkinki, ular muayyan ijodkorning individual nutqiy uslubiga xos jihatlarni ko‘rsatishi bilan birga o‘zbek millatiga mansub til egalarining badiiy tafakkuri, til birliklariga bo‘lgan munosabatini ham namoyon etadi. O‘zbek adabiy tilida qo‘llanib kelgan ko‘plab metaforalar lisoniy boyligimizga aylangan. Ularni to‘plab, leksikografik jihatdan tavsif etish tilshunosligimizning navbatdagi vazifalaridan biridir. Metafora tadqiqiga oid yana bir masala borki, u ham bo‘lsa bu hodisaning matn bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganishdir.

Published

2025-11-02