O‘ZBEKISTON FLORASIGA TA’SIR ETUVCHI ABIOTIK STRESS OMILLARNING O‘SIMLIKLARNING MORFO-FIZIOLOGIK XUSUSIYATLARIGA TA’SIRI
Keywords:
Kalit so‘zlar: abiotik stress, morfo-fiziologik moslashuv, sho‘rlanish, suv tanqisligi, antioksidant tizim, transpiratsiya, O‘zbekiston florasiAbstract
Annotatsiya. O‘zbekistonda iqlimning keskin kontinental xususiyatga ega bo‘lishi, global haroratning ko‘tarilishi, yer va suv resurslarining cheklanganligi o‘simliklar hayotida turli darajadagi abiotik stress holatlarini yuzaga keltirmoqda. Ushbu maqolada suv tanqisligi, yuqori harorat, tuproq sho‘rlanishi, nurlanish va og‘ir metall ifloslanishining o‘simlik organlari morfologiyasi hamda fiziologik jarayonlariga ta’siri yoritilgan. Shuningdek, o‘simliklarning stressga moslashuv strategiyalari, antioksidant himoya tizimi, osmotik moslashuv, ildiz to‘qimalarining differensial rivojlanishi, transpiratsiya va fotosintez jarayonlaridagi o‘zgarishlar ilmiy manbalar asosida tahlil qilingan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston sharoitida qishloq xo‘jaligi ekinlari va yovvoyi flora turlarini tanlashda, stressga chidamli navlarni yaratishda muhim ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi.