SHARQIY BUKONTOV OLTIN–NODIR METALL KONLARINING GEOLOGIK TUZILISHI VA TARKIBI

Authors

  • Aytmuratova Hurliman Bazarbay qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar. Sharqiy Bukontov, oltin mineralizatsiyasi, nodir metallar, granitoyid intruziyalari, kvarts-sulfid tomirlari, metasomatizm, metamorfizm, geodinamik rivojlanish, ruda tanasi, Bulutqon–I uchastkasi, geokimyoviy va geofizik tadqiqotlar, Qizilqum mineral provinsiyasi.

Abstract

Annotatsiya. Maqolada Sharqiy Bukontov oltin–nodir metall konlarining geologik tuzilishi, mineral tarkibi va rudalanish xususiyatlari keng yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, hududda rudalanish jarayonlari magmatizm, metamorfizm, metasomatizm va mineralogenez bosqichlari bilan bog‘liq bo‘lib, asosan paleozoy davriga mansub metamorfik jinslar, granitoyid intruziyalari hamda kvarts-sulfid tomirlarida uchraydi. Mintaqada oltin mineralizatsiyasi oltin–sulfidli, oltin–kvartsli va polimetall tiplarda namoyon bo‘ladi, tarkibida volfram, kumush, mis, bizmut kabi elementlar ham uchraydi. Bulutqon–I uchastkasida oltinning o‘rtacha 12 g/t miqdorda aniqlanishi sanoat ahamiyatiga ega ekanligi qayd etiladi. Zamonaviy geofizik va geokimyoviy usullar yordamida chuqur qatlamlarda ham yangi ruda zonalarini topish istiqbollari mavjud. Tadqiqotlar natijalari Sharqiy Bukontov kon hududi respublikadagi strategik konchilik mintaqalaridan biri sifatida katta iqtisodiy va ilmiy ahamiyatga ega ekanligini tasdiqlaydi.

Published

2025-11-04