VITAMIN K ORTIB KETISHI NATIJASIDA TROMBOZNING KELIB CHIQISHI VA UNI DAVOLASH
Ключевые слова:
Kalit soʻzlar: Vitaminlar, K vitamini, Tromboz.Аннотация
Ishning maqsadi: Vitaminlarning tibbiyotdagi ahamiyati, K vitamini qoʻllanilishini oʻrganish. Trombozning kelib chiqishi sabablari va uni davolash. Dolzarbligi: Vitaminlar kishi hayotida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Har qanday mahsulotni meyorida qabul qilish kerak boʻlganidek, vitaminlarni ortiqcha qabul qilish zararlidir. Bunda turli xil oʻzgarishlar kelib chiqishi mumkin. Biroq hozirgi kunda vitamin ortiqchaligidan koʻra uning yetishmasligi koʻp kuzatiladi. Bunday hollarda organizmga qoʻshimcha tarzda vitamin kiritilishi lozim. Vitamin sanoati – tibbiyot sanoati tarmog’i bo’lib, sintetik vitaminlar, ularning preparatlari hamda o’simliklar va hayvonlardan olingan xom ashyodan vitaminli preparatlar ishlab chiqaradi. Dastlab tabiiy mahsulotlardan vitaminli preparatlar olingan. Keyinchalik esa sintetik usulda olina boshlagan. O’tgan asrning 20-yillaridan boshlab vitaminlar sun’iy ravishda ishlab chiqarila boshlagan. Bu usul tabiiy mahsulotlardan vitamin olishga qaraganda ancha murakkab bo’lishiga qaramay sof holda vitamin olish imkoniyatini beradi. Sof holdagi vitaminlarni davolashda qo’llash ancha samaraliroq hisoblanadi. Rivojlangan mamlakatlarda- AQSH, Yaponiya, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya, Shveysariya kabi davlatlarda vitamin sanoati yaxshi rivojlangan. O’zbekistonda Toshkent kimyo-farmatsevtika zavodida 6turdagi vitaminlar, ‘’Surxon Ajanta’’ qo’shma korxonasida V guruhi vitaminlari ishlab chiqariladi.