O’SIMLIK MOYI DEZODORATSIYALASH JARAYONINI TAKOMILLASHTIRISH USULLARI

Authors

  • H.B.Ismoyilov Author

Abstract

Jahonda o’simlik moylari insonning ovqatlanish ratsionida  muhim ahamiyatga ega maxsulotlardan hisoblanadi. Bugungi kunda dunyoda yetishtiriladigan iste’mol moylaridan, soya, palma, kungaboqar, raps va paxta moylariga bo’lgan talabni yuqori darajada o’sishi kuzatilmoqda. Stastistik ma’lumotlar va olib borilayotgan tadqiqotlar asosida o’simlik moylari iste’moli aholi jon boshiga yiliga 13 kilogrammni tashkil etishi kerak, ammo ushbu ko’rsatkich so’nggi yillarda 9÷10 kilogrammni tashkil etmoqda. Har xil iqlim va agrokimyoviy sharoitlarda yetishtirilgan o’simlik xomashyolaridan ishlab chiqariladigan moylarda xlororganik pestitsidlar va toksinlar qoldiqlarining bo’lish ehtimolligi yog’ va moylarni dezodoratsiyalash zaruratini belgilaydi. Hozirgi kunda yog’-moy korxonalarida sifati, xalqaro standartlar talablariga mos keluvchi o’simlik moylari ishlab chiqarishga oid texnik-texnologik muammolar yechimiga alohida ahamiyat berilmoqda. SHu o’rinda o’simlik moyi ishlab chiqarish texnologiyalarini takomillashtirish, xom moyni rafinatsiyalash va dezodoratsiyalash bosqichlarida ta’m va xid beruvchi yo’ldosh moddalarni maksimal darajada ajratib olish, tayyor mahsulot tannarxini pasaytirish va qo’llaniladigan asosiy texnologik jihozlarning yangi intensiv konstruktsiyalarini  yaratish muhim ahamiyatga ega.

Published

2025-11-05