BOSHLANG‘ICH TA’LIMDA KASR TUSHUNCHASINI SHAKLLANTIRISHDA KO‘RGAZMALI VA AMALIY YONDASHUVLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, kasr tushuncchasi, matematika darsi, amaliy yondashuv, didaktik o‘yinlar, o‘quvchi faoliyati, ta;lim metodlari, vizual ta’lim, interfaol metodlar, kasrlarni o‘rgatish, ta’lim samaradorligi, metodik yondashuv, ko‘rgazmali materialllar.Abstract
Annotatsiya: Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida kasr tushunchasini shakllantirish metodikasi masalasi batafsil o‘rganilgan. Kasrlar mavzusi matematik tafakkur va mantiqiy fikrlashni rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi, chunki u bolalarda butun va qisman tushunchalar, taqqoslash, bo‘lish va ulushlarni idrok etish ko‘nikmalarini shakllantiradi.Maqolada ko‘rgazmali va amaliy metodlardan foydalanishning samaradorligi tahlil qilinadi. Masalan, o‘quvchilarni tasviriy materiallar, modellar, o‘yinli mashqlar orqali kasrlarni o‘zlashtirishga jalb qilish, mavzuni hayotiy vaziyatlarga bog‘lash va amaliy misollar yordamida tushuntirishning afzalliklari ko‘rsatib o‘tilgan. Shuningdek, maqolada o‘qituvchi uchun metodik tavsiyalar berilgan: kasr tushunchasini bosqichma-bosqich tushuntirish, o‘quvchilarning mustaqil ishlash va mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirish, mavzuni o‘yin va ko‘rgazmali mashg‘ulotlar orqali qiziqarli qilish. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, kasrlarni o‘rgatish jarayonida interfaol va amaliy yondashuvlar bolalarda mustahkam bilim, o‘zaro hamkorlik va matematik tafakkurni rivojlantirishga xizmat qiladi. Maqola, shuningdek, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun kasr tushunchasini hayotiy misollar orqali qo‘llash, uni taqqoslash va oddiy masalalarda amalda ishlatish usullarini ham tavsiya etadi. Natijada o‘quvchilar matematik ko‘nikmalarni o‘zlashtiribgina qolmay, mantiqiy va analitik fikrlashni rivojlantiradi, bu esa ularning keyingi o‘quv jarayonida mustahkam poydevor yaratadi.