FARG‘ONA VODIYSI SAVDO MUNOSABATLARI (XIX ASR OXIRI)

Authors

  • Hoshimov Dilmurodjon Doniyorjon oʻgʻli Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: Farg‘ona vodiysi, savdo, XIX asr oxiri, bozorlar, karvon yo‘llari, Rossiya imperiyasi, hunarmandchilik, iqtisodiy munosabatlar.

Abstract

Annotatsiya. Mazkur maqolada XIX asr oxirida Farg‘ona vodiysida shakllangan savdo munosabatlarining ijtimoiy-iqtisodiy asoslari, ichki va tashqi savdo yo‘nalishlari, bozorlardagi tovar ayirboshlash tizimi hamda mahalliy hunarmandchilik mahsulotlarining savdodagi o‘rni tahlil etiladi. Rossiya imperiyasi tomonidan mintaqaning siyosiy-iqtisodiy hayotiga kirib kelishi natijasida savdo tizimida yuz bergan tub o‘zgarishlar, yangi bozorlarning paydo bo‘lishi, transport yo‘llarining kengayishi va Farg‘ona vodiysining Markaziy Osiyodagi savdo markazlaridan biriga aylanish jarayoni ilmiy asosda yoritiladi. Shuningdek, savdo munosabatlaridagi milliy tadbirkorlar faoliyati, karvon yo‘llari, bojxona tartiblari va pul muomalasi bo‘yicha mavjud tarixiy manbalar asosida tahliliy xulosalar keltiriladi. Tadqiqot XIX asr oxiri mintaqa iqtisodiy hayotining umumiy ko‘rinishini ochib berishga xizmat qiladi.

Published

2025-11-19