AYOL JINSIY ORGANLARIDA GORMONAL DISBALANS NATIJASIDAGI GISTOLOGIK VA PATOLOGIK O‘ZGARISHLAR
Keywords:
Kalit so‘zlar: gormonal disbalans, gistologik o‘zgarishlar, patologik o‘zgarishlar, ayol jinsiy organlari, endokrin tizim, menstruatsiya buzilishlari, tuxumdon kasalliklari, bachadon patologiyalari, reproduktiv salomatlik, ginekologik kasalliklar.Abstract
Annotatsiya: Ayol jinsiy organlari organizmning murakkab va muvozanatli tizimi bo‘lib, ularning normal faoliyati asosan gormonal muvozanat bilan bog‘liq. Estrogen, progesteron, follikulostimulyator va lüteinlovchi gormonlar kabi asosiy jinsiy gormonlarning ma'lum darajalarida ishlab chiqarilishi, ayol jinsiy organlarining sog‘lom, to‘g‘ri ishlashini ta’minlaydi. Gormonal disbalans tufayli ushbu gormonlar miqdori yoki muvozanati buzilishi o‘zgacha patologik jarayonlarga olib kelishi mumkin. Gormonal notenglik ayol organizmida ko‘plab gistologik va patologik o‘zgarishlarni yuzaga keltiradi, bu esa homiladorlik imkoniyati, sog‘lom hayz davri va umumiy salomatlikka sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Ushbu tezisda Ayol jinsiy organlarida gormonal disbalans natijasidagi gistologik va patologik o‘zgarishlar haqida ma'lumotlar berilgan