HOMILADORLIK DAVRIDA GIPOTALAMO–GIPOFIZAR–BUYRAK USTI O‘QI FAOLIYATINING QISQA VA UZOQ MUDDATLI STRESSGA JAVOBI

Authors

  • Ibroximova Rayxona Shaxobiddin qizi Author

Keywords:

Kalit so‘zlar: homiladorlik, gipotalamo-gipofizar-buynak usti o‘qi, stress, gormonal o‘zgarishlar, qisqa muddatli stress, uzoq muddatli stress, adaptatsion mexanizmlar, kortizol, homiladorlik fiziologiyasi, endokrin tizim.

Abstract

Annotatsiya: Homiladorlik organizmning fiziologik va biokimyoviy jihatdan o‘ziga xos o‘zgarishlari bilan kechadigan juda muhim bir davr hisoblanadi. Ushbu davrda ayol organizmida gormonal, metabolik va immunologik o‘zgarishlar yuz beradi. Ayniqsa, gipotalamo–gipofizar–buyrak usti o‘qi (HGB o‘qi) faoliyati homiladorlikning barcha bosqichlarida muhim ahamiyat kasb etadi va bu tizimning reaktsiyasi homiladorlik kechishiga, homila rivojiga hamda ona sog‘lig‘i holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. HGB o‘qi – bu gipotalamus, gipofiz va buyrak usti bezlari tomonidan boshqariladigan kompleks endokrin tizim bo‘lib, stressli vaziyatlarga javob berishda markaziy o‘rin tutadi. Ushbu tezisda homiladorlik davrida gipotalamo–gipofizar–buyrak usti o‘qi faoliyatining qisqa va uzoq muddatli stressga javobi haqida ma'lumotlar berilgan.

Published

2025-11-20